Frank Riberi o'tgan mavsum Yevropaning eng yaxshi futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
29 avg 2013, 22:04
Bugun Monakoda bo'lib o'tgan YCHL guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida o'tgan mavsum Yevropaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Jurnalistlar uchta futbolchidan biriga marosimning o'zida ovoz berishdi.

Ovoz berish yakunlariga ko'ra "Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni ortda qoldirib o'tgan mavsumda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia