Fransiya tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy jamoa tuzildi

Eldor Akmurzayev
19 apr 2020, 19:15
L’Equipe nashr o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, Fransiyaning barcha davrlardagi eng yaxshi tarkibini tuzib chiqdi.

Muxlislar e'tiboriga 44 futbolchi taqdim etildi – har bir poziciyaga 4tadan nomzod. 

Ramziy jamoada ko'rsatilgan 11 o'yinchidan 9 nafari mos ravishda 1998 va 2000 yilgi mundial hamda Yevropa chempionatida oltin medallarni qo'lga kiritishgan. Jamoaning qolgan ikki vakili – Mishel Platini Evro-1984 hamda Kilian Mbappe JCH-2018da zafar quchgan.

Fransiya termasi bilan futbolchi (1998) hamda murabbiy (2018) sifatida jahon chempionligini qo'lga kiritgan Dide Desham esa ramziy jamoaga kirish bilan birga uning ustoziga ham aylandi.

Darvozabon: Faben Bartez

Himoyachilar: Lilian Tyuram, Loran Blan, Marsel Desayi, Biksant Lizarazyu, 

Yarim himoyachilar: Dide Desham, Patrik Vieyra, Mishel Platini, Zinedin Zidan

Hujumchilar: Kilian Mbappe, Terri Anri

Murabbiy: Dide Desham

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Equipe