Fransiya Kubogida joriy mavsum g'olibi ma'lum bo'ldi

Eldor Akmurzayev
8 may 2022, 08:30
Musobaqa finalida “Nant” 1:0 hisobida “Nicca”ni engib, kubok sohibiga aylanishdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 47-daqiqada penaltidan Lyudovik Bla urdi.

“Kanareykalar” 2000 yildan beri ilk marotaba ushbu turnirda muvaffaqiyatga erishib, titullari sonini 4 taga etkazib olishdi.

Shuningdek, “Nant” 21 yil ichida birinchi marotaba musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. Jamoa 2001 yil Liga 1 hamda Fransiya Superkubogida zafar quchgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru