Fransiya hujumchisi: "Argentinaliklar bayramimizni buzmoqchi edi, ammo u yanada yaxshiroq bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
3 avg 2024, 14:49
Jan-Filipp Mateta Argentina terma jamoasi futbolchilari bilan bo'lgan janjal haqida gapirdi.

Fransiya Olimpiada chorak final bahsida Argentinani 1:0 hisobida taslim qildi.

O'yin yakunlanganini anglatuvchi xushtak chalinganidan so'ng Argentina terma jamoasi murabbiylar shtabidagilar fransiyalik futbolchilar tomon yugurib borishdi va ular o'rtasida mojaro yuzaga keldi. Janjal fransiyalik xavbek Enco Miyo hamda argentinalik himoyachi Nikolas Otamendi o'rtasidagi to'qnashuvdan so'ng boshlandi. 

"Argentinaliklar bayramni buzmoqchi edi, ammo u yanada yaxshiroq bo'ldi" - dedi Mateta.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RMC Sport