Fransiya chempionatining so'nggi 20 yillikdagi eng yaxshi hujumchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
9 may 2020, 20:15
Liga 1 muxlislar o'rtasida so'rovnoma tashkil qildi.

Uning finalida esa Dide Drogba Zlatan Ibragimovichni ortda qoldirib, eng ko'p ovoz to'pladi. Drogba yakuniy bosqichga qadar Fernando Morentes, Aleksandr Fray, Karim Benzema, Pedro Pauletalarni ortda qoldirgan.

Eslatib o'tamiz, ivuarlik forvard Fransiyaning “Le-Man”, “Gengam” hamda “Marsel” klublarining sharafini himoya qilgan edi. Ibragimovich esa PSJda faoliyat olib borgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Ligue1Conforama