Fransiyada yilning eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

"Get French Football News" nashri ananaviy ravishda o'tgan kalendar yilining mamlakatdagi eng yaxshi futbolchilarini e'lon qildi.

Reytinda birinchi o'rinni PSJ himoyachisi Markinos egallagan bo'lsa, keyingi o'rinlarga uning jamoadoshlari Neymar va Kilian Mbappe joylashdi.

Kuchli o'nlikka quyidagi futbolchilar ham kirgan: Anxel di Mariya, Vissam Ben-Yedder, Keylor Navas, Joze Fonte, Eduardo Kamavinga, Renatu Sanshesh va Mayk Menyan.


Manba: Get French Football News