Franchesko Totti: “Men “Roma”ning ko'p futbolkalarini kiyganman, ammo yangi futbolka – so'nggisi bo'ladi”

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 16:36
“Roma”ning ko'p yillik sardori va hujumchisi Franchesko Totti, klubning yangi formasi taqdimotida kelayotgan mavsum uning faoliyatidagi so'nggisi bo'ladi, deb bayonot berdi.
“Yangi forma menga yoqdi. Men avval “Roma”ning ko'p futbolkalarini kiyganman, ammo yangi futbolka men uchun so'nggisi bo'ladi”, - dedi Totti.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Totti 2016 yilning iyun oyiga qadar shartnoma imzolashga tayyor ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru