FR: Karpenkoning taqdiri 45 daqiqada hal bo'ladi

Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev ma'lumot berdi.

"Bunyodkor" Samarqanddagi o'yinda yutqazyapti. Bu Superligada Karpenko qo'l ostidagi 10-o'yin bo'lib, jamoa shu kunga qadar atigi 6 ochko to'plagan edi. Kubok ham boy berildi. Agar "qaldirg'ochlar" bugun yana mag'lubiyatga uchrasa, jamoada keskin o'zgarishlar bo'ladi.

"Bunyodkor"ni bunaqa ahvolda ko'rish achinarli. To'g'ri, 1-bo'limda o'yin jihatdan yomon ko'rinmadi. Ammo fakt shuki, Superliganing eng kuchsiz jamoasiga yutqazyapti.

Xullas, Karpenkoning klubdagi keyingi taqdiri oldinda turgan bitta taymga bog'liq", - deyiladi "Futbol ANALIZI" kanalida.


Manba: championat.asia