Fozil Musaev to'liq o'ynadi, "Al Muayzir" yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2013, 10:39
Qatar yulduzlar ligasida 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Al Muayzir" klubi safarda "Ar Rayyan" mehmoni bo'ldi. O'yinda 3:0 hisobida mehmonlar zafar quchishdi.

Uchrashuvda Fozil Musaev doimgidek to'liq 90 daqiqa davomida harakat qildi. "Al Muayzir" 13ta turdan so'ng 11 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.

Klub navbatdagi o'yinni 21 dekabr kuni safarda "Al Arabi"ga qarshi o'tkazadi.

"Ar Rayyan" - "Al Muayzir" 0:3
Gollar: Ayman Abdulla Adam 7, I.Savanex 74, Xolid Saif 90.

Qatar yulduzlar ligasi musobaqa jadvali

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia