

"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Umuman olganda bahs teng kurashlar ostida kechdi. Bitta xato va bitta gol... Yomon o'yin ko'rsatmadik deb o'ylayman.
"Lokomotiv"ni tabriklayman. Jamoa ushbu mavsum stabil o'yin namoyish etdi. Osiyo chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etdi. O'zbekiston chempionatida, mana endi O'zbekiston kubogida g'olib chiqishdi", - deydi futbolchi.



