Foxsportsasia Osiyo o'yinlari ramziy terma jamoasiga O'zbekistondan ikki futbolchini kiritdi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2018, 18:07
Xabaringiz bor, yaqindagina Indoneziyada Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi.

Futbol musobaqasida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalga qadar yetib bordi. foxsportsasia.com sayti vakillari mazkur musobaqaning ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi. Ushbu ramziy terma jamoadan O'zbekistonning ikki futbolchisi o'rin olgan.

Yarim himoyachi Odiljon Hamrobekov va hujumchi Zabihillo O'rinboev sayt vakillari e'tiborini tortishgan.

Qizig'i ramziy terma jamoada eng ko'p vakil Vetnamdan. Finalga chiqqan Janubiy Koreyadan ikki futbolchi bor. Finalga yetib borgan Yaponiyadan ham ikki vakil. Bundan tashqari BAA va Malayziyadan ham bir nafardan o'yinchi ramziy termaga kiritilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia