"FourFourTwo" talqini bo'yicha “yil murabbiyi” e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
5 dek 2021
FourFourTwo portali 2021 yilning eng yaxshi murabbiylari top-50 reytingini tuzdi.

Britaniya nashri unda “Manchester Siti” ustozi Pep Gvardiolani yetakchi sifatida qayd etdi. “Shaharlik” ispaniyalik qo'l ostida Angliya chempioni bo'ldi, Angliya Kubogida zafar quchdi va YCHL finaliga qadar yetib bordi.

2-o'rin esa “Chelsi” bilan Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan Tomas Tuxelga nasib etdi. Kuchli uchlikka Yurgen Klopp (“Liverpul”) yakun yasadi.

2021 yilning eng yaxshi murabbiylari o'nligi:

1. Pep Gvardiola (“Man Siti”)

2. Tomas Tuxel (“Chelsi”)

3. Yurgen Klopp (“Liverpul”)

4. Antonio Konte ("Inter"/"Tottenxem")

5. Xans-Diter Flik ("Bavariya"/Germaniya TJ)

6. Roberto Manchini (Italiya TJ)

7. Diego Simeone ("Atletiko")

8. Yulian Nagelsmann ("RB Leyptsig"/"Bavariya")

9. Garet Sautgeyt (Angliya TJ)

10. Maurisio Pochettino (PSJ).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FourFourTwo