

Toshkentda yig'in o'tkazayotgan jamoaning kechki mashg'ulotlariga tashrif buyurdik. Jamoa safidagi barcha futbolchilar mashg'ulotda ishtirok etishdi.

Futbolchilarning kayfiyatlari a'lo darajada

No'mon Hasanov mashg'ulotni o'zi olib bordi

Javohir Sidiqov va Akmal Xolmurodov boshqalardan alohida tarzda yugurish mashqlarini bajarishdi

Ular bilan birga darvozabon Nikita Ribkin ham maydon chetida yugurdi

Darvozabonlar alohida shug'ullanishdi

Jamoaga yangi qo'shilgan Jamshid Hasanov birinchi bor "Qo'qon-1912" safida mashg'ulot o'tkazdi.

Ribkin hujumchilardek gol urishni ko'rsatmoqda
Mashg'ulot davomida futbolchilarning turli tuman qalpoqlariga e'tibor qaratdik. Quyidagi rasmdan eng original qalpoqni aniqlang.

Mashg'ulotdan olingan barcha suratlarni saytimizning maxsus sahifasida tomosha qilish mumkin. >>> FOTOGALEREYA



