FOTOGALEREYA. Tito bilan vidolashuv, Giggzning debyuti va shanbaning boshqa lavhalari

Narzulla Saydullayev
27 apr 2014, 08:25
Shanba oqshomida odatdagidek, Yevropa yashil maydonlarida bir-biridan qiziqarli, biri ikkinchisini takrorlamaydigan futbol spektakllari bo'lib o'tdi.
Germaniyada “Bavariya” – “Verder” hamda “Bayer” – “Borussiya D” uchrashuvlari muxlislar diqqat markazida bo'ldi.

Madridning “Real” klubi o'z maydonida “Osasuna”ga shavqat ko'rsatmadi. Kataloniyalik muxlislar Tito Vilanova bilan vidolashishyapti. Rayan Giggzning murabbiylikdagi debyuti ancha omadli chiqdi. Quyida e'tiboringizga shanba oqshomining eng esda qolarli voqeyliklarini suratlar orqali havola qilamiz.

Lars Bender Dortmundning "Borussiya" klubi darvozasini ishg'ol qilayotgan vaziyat ("Bayer" - "Borussiya D" - 2:2) 

Bechora Antolin Alkaras o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi ("Sautgempton" - "Everton" -  2:0) 

"Barselona" muxlislari Tito Vilanova bilan vidolashishyapti

Xosep Gvardiola "Bavariya" bilan sobiq yordamchisi Tito Vilanovaga hurmat yuzasidan bir daqiqalik sukut saqlayapti

Klaudio Pisarro sobiq jamoasi "Verder" darvozasini ishqol qilyapti. ("Bavariya" - "Verder" - 5:2)

Bred Guzan "Suonsi"dan navbatdagi golni qabul qilib oldi. ("Suonsi" - "Aston Villa" - 4:1) 

Glazgoning "Reynjers" klubi Shotlandiya 1-Ligasidagi chempionlikni tantana qilmoqda

Rayan Giggzning murabbiylikdagi debyuti yomon chiqmadi. ("Manchester Yunayted" - "Norvich" - 4:0)

Xuan Mata "Norvich" darvozasiga navbatdagi to'pni kiritmoqda

Krishtianu Ronaldu "Osasuna" darvozasiga kiritgan golini nishonlayapti. "Real" Madrid - "Osasuna" - 4:0 

Gretsiya chempionati doirasidagi PAOK - "Panatinaikos" uchrashuvi chog'ida policiyachilarga etarlicha ish bo'ldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com