

Gollandiyalik 27 yoshli futbolchi bilan yangi kelishuv 2022-yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Strotman “Roma”ga 2013-yili Gollandiyaning “PSV Eyndxoven” klubidan ko'chib o'tgan edi. U o'tgan davr mobaynida Rim klubi libosida 86 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol kiritdi. 2014-yilda tizzasidan jarohat olib, 2 yilni maydon tashqarisida o'tkazib yuborgan edi.




