Forlan: "Real" ham "Barselona" kabi xato qilmoqda"

Mirjalol Normatov
4 fev 2021, 22:15
"Atletiko"ning sobiq futbolchisi Diego Forlan "Barselona" va "Real"ning transfer xatolari haqida gapirdi.

"Ramos "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasa, juda achinarli bo'ladi. Bu futbolchi boshqachasiga munosib. U doimo yuqori sport formasida, natija qila oladi, himoyada juda kuchli.

"Barselona" Luis Suares borasida qilgan xatosini "Real" Ramos bilan qiladi. Muzokaralarda buni ikki tomon ham tushunishi kerak. Jamoada doimo yuqori o'rinda turadigan futbolchilarni qadrlashlarini istab qolardim", - dedi Forlan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal