Forlan Indoneziya jamoasiga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
31 dek 2019, 18:33
Urugvaylik hujumchi Diego Forlan faoliyatini yakunlamoqchi emas.

39 yoshli forvard Indoneziya chempionatiga o'tishga yaqin turibdi. Uning agenti "Kalteng Putra" bilan muzokaralar olib bormoqda va yaqin vaqtlarda tomonlar kelishuvga erishadi.

Manchester Yunayted, Vilyarreal, Atletiko va Interning sobiq hujumchisi ayni damda erkin agent maqomiga ega. Forlanning oxirgi jamoasi Gongkongning "Kitchi"si bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal