

Ushbu uchrashuvning startida kataloniyaliklar forvardi Robert Levandovski hisobni ochgandi. Biroq offsaydni aniqlashning yarim avtomat tizimi ushbu holatda offsayd qayd etib, golni inobatga olmadi.
Keyinchalik "Barselona"dagilar golli vaziyatda offsayd ko'rinmaganini ma'lum qilishgandi. Shu sababli klub ushbu holat uchun tushuntirish so'radi va ushbu epizodda aynan nima bo'lganiga aniqlik kiritilishini talab qildi.
"Anoete"dagi offsayd borasida hech kim tushuntirish bermadi.
Bazida bu borada Liga yoki Federatsiyadan tushuntirish olsam yaxshi bo'lgan bo'lardi. Barchamiz odamlarmiz", - dedi Flik.



