

"Ispaniya - buyuk futbol millati, ajoyib futbolchilariga ega termasi bor. Luis Enrikeni hurmat qilaman, u fantastik murabbiy, ajoyib shaxsiylik. U titul uchun kurasha oladigan terma yig'di. Undan boshqachasini ham kutmayapman.
Ispaniya termasi anchagina rivojlangan va to'xtatish qiyin bo'ladi. Undan tashqari, futbolchilarda takrorlanmas uslub bor, buni ko'pchilik gapirmoqda. Jamoa aniq bir tartib yoki qoidalar asosida o'ynamaydi, shuningdek, katta erkinlik ham berilmagan. Menimcha, bu to'g'ri yo'nalish", - dedi Flik.
Germaniya va Ispaniya termalari ishtirokidagi bahs 27 noyabr kuni bo'lib o'tadi.



