Flik Germaniya terma jamoasi tarixidagi birinchi iste'foga chiqarilgan murabbiy

Administrator
10 sen 2023, 23:40
Tarixda nemislar birorta murabbiyni bo'shatishmagandi.

Germaniya futbol ittifoqi Xans-Diter Flikni iste'foga chiqardi. Flik oxirgi beshta o'yinning to'rttasini yutqazgandi. 

 Sky Sport Deutschland nashrining xabar berishicha, Germaniya terma jamoasining murabbiylari tarixda biror marotaba ham xaydalmagan. Shu paytga qadar barcha murabbiylar yo shartnomasi yakunlangach, yoki o'z xohishiga ko'ra, Germaniya termasini tark etgandi. Xans-Diter Flik iste'foga chiqarilgan birinchi murabbiy bo'ldi.

Bundan oldin o'nta murabbiy Germaniya terma jamoasini boshqargan. Bular Otto Nerc, Zepp Xerberger, Xelmut Shen, Yupp Derval, Franc Bekkenbauer, Berti Fogts, Erix Ribbek, Rudi Feller, Yurgen Klinsmann va Yoaxim Lev hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland