Firmino “Liverpul”ning CHLdagi eng tez golini kiritdi

22 noya 2017, 03:38
“Liverpul” yarim himoyachisi Roberto Firmino YCHL 5-turida “Sevilya”ga (3:3) qarshi bahsda hisobni ochgandi.

26 yoshli braziliyalik futbolchi uchrashuv boshlanganligi haqidagi hushtak chalingach, oradan 1 daqiqayu 25 soniya o'tgach gol urishga erishdi. Bu “Liverpul”ning mazkur turnirdagi eng tez goli sifatida qayd etildi.

Bu bilan Firmino 2005 yil “Betis”darvozasini ishg'ol etgan Floran Sinama-Pongolni bir soniyaga ortda qoldirdi.

Yarim himoyachi shuningdek, YCHLda “Liverpul” safida dastlabki beshta uchrashuvda beshta gol urgan ilk futbolchi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live