Firmino - APLda 50 ta gol urgan ilk braziliyalik futbolchi

1 sen 2019, 08:59
“Liverpul”ning braziliyalik hujumchisi Roberto Firmino APL 4-turi doirasida “Byornli”ga (3:0) qarshi bahsda jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.

27 yoshli hujumchisi 80-daqiqada jamoadoshi Muhammad Salohning to'p uzatishidan so'ng darvozani ishg'ol etdi.

Bu Firminoning Angliya chempionati bahslarida 50-goli sifatida tarixda qoldi. Mersisaydliklar hujumchisi APLda to'p tepgan braziliyalik futbolchilar orasida ushbu dovonni zabt etgan ilk o'yinchi bo'ldi.

Roberto 2015 yildan buyon “Liverpul” sharafini himoya qilib kelmoqda. Ilgari u “Xoffenxaym” va “Figeyrense” sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com