"Fiorentina" Vlaxovich uchun 90 million evro so'ramoqda

Alisher
6 okt 2021, 17:16
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovichni 90 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

21 yoshli serbiyalik futbolchiga "Manchester Siti", "Tottenxem", "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqmoqda.

Kecha klub prezidenti Rokko Kommisso futbolchining italyan klubi bilan shartnomani uzaytirishni rad etganini ma'lum qilgan edi.

Vlaxovichning "Fiorentina" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Oldinroq klub prezidenti Rokko Kommisso forvard bo'yicha barcha, jumladan "Atletiko"ning avgustdagi 70 mln evrolik taklifni rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport