"Fiorentina" "Manchester Siti" sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
21 avg 2021, 18:50
"Shalke" himoyachisi Matiya Nastasich "Fiorentina" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Nastasich 2020/21 yilgi mavsum Germaniya jamoasi tarkibida 18ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt futbolchini 5 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, futbolchi oldin 2011-2012 yillarda "Fiorentina" tarkibida o'ynagan va shundan so'ng "Manchester Siti"ga yo'l olgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: facebook.com/ACFFiorentina