

“Bernadeski - yoshlar siyosatimizning mahsuli. U aniq sotilmaydi va yangi mavsumda ham “Fiorentina” sharafini himoya qiladi”, - dedi Korvino.
Ma'lumot uchun, o'tgan mavsumda 23 yoshli Bernadeski Italiya A Seriyasida 32ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol kiritishga va 4ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'lgan edi. Uning hozirgi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.




