"Fiorentina" "Barselona"dan Pyanichni ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 avg 2021
Miralem Pyanich yangi mavsumni Italiyada o'tkazishi mumkin.

31 yoshli futbolchining hizmatiga "Fiorentina" qiziqmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, italyan klubi "Barsa" futbolchisi Miralem Pyanichni ijaraga olmoqchi. Ammo, ushbu bitim amalga oshishiga futbolchining 8 mln evrolik yuqori maoshi to'sqinlik qilmoqda. Agarda, "Barselona" o'yinchi maoshining ma'lum bir qismini to'lashga rozi bo'lsa, u holda "Fiorentina" Pyanichni o'z tarkibiga qo'shib olishga rozi. 

Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport