"Fiorentina" a'zosi: “Ronaldu gol mashina, lekin bizda "Oltin to'p"ga loyiq bo'lgan Riberi bor”

Eldor Akmurzayev
13 sen 2019, 22:20
Fiorentina yarim himoyachisi Milan Badel A Seriyaning 3-turidan o'rin olgan Yuventusga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Krishtianu – shubhasiz gol urish uchun mo'ljallangan mashina. Yillar mobaynida u o'zgardi. Biroq, bizda Oltin to'pga loyiq bo'lgan Riberi bor va kim biladi, nega u mazkur sovrinni qo'lga kirita olmagan”, – deydi Badel.

Eslatib o'tamiz, 2013 yili Oltin to'p uchun da'vogarlar ro'yxatining so'nggi uchligidan Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi hamda Frank Riberi joy olgan va o'shanda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan unvon portugaliyalik yulduzga nasib etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com