Finaldagi eng tezkor reyd sohibasining "Instagrami" yana ishlay boshladi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2019
Amerikalik aktrisa va model Kinsi Volanskining "Instagram" akkaunti yana ishlay boshladi.

Eslatib o'tamiz, model 1 iyun kuni "Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasidagi Chempionlar ligasi final bahsi paytida maydonga tushgan edi.

Finaldan oldin Kinsi Volanskining ushbu tarmoqdagi o'quvchilari soni 300 mingdan ortiqroq edi, biroq u maydonga tushganidan so'ng qizning folloverlari 2 mln.dan oshib ketdi. Bir necha soatdan so'ng Kinsining "Instagram" sahifasi xakerlar tomonidan buzilgani e'lon qilindi. 6 iyundan boshlab uning profili yana ishlay boshladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/kinsey_sue