FIFA transferga ruxsat bermadi. "Barsa" 18 soniyaga kech qolgandi

Aziz Tukhtamuradov
4 fev 2023
FIFA "Barselona"ga "Los-Anjeles Gelaksi" himoyachisi bilan shartnoma tuzishga ruxsat bermadi.

Kataloniyaliklar Xulian Arauxoning transferi bo'yicha o'zaro kelishuvga erishib bo'lgandilar. Futbolchi bilan 2026 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolanishi lozim edi. Ammo "Barsa" ro'yxatdan o'tkazish vaqtida bunga ulgura olmadi va 18 soniyaga kech qoldi. Kataloniyaliklar ushbu transferni tugatib qo'yish uchun FIFA'ga murojaat qilishdi. Biroq tashkilot mazkur transfer qoidalar bo'yicha yakunlanmagani haqida javob qaytardi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mundo Deportivo