

Ma'lum qilinishicha, 84 yoshli funkcionerning ahvoli og'ir, ammo uning hayotiga hech narsa tahdid solmayapti. Blatterning kasalxonaga yotqizilishi haqidagi ma'lumotni uning qizi Korinn tasdiqladi.
“Ha, otam kasalxonada. Uning holati kundan kunga yaxshilanmoqda, biroq unga vaqt va dam kerak", – deya ta'kidladi Korinn.
Shuningdek, Korinn otasining kasalxonaga yotqizilishi sababini oshkor etishni istamagan.



