FIFA reytingi e'lon qilindi: Argentina yetakchilikni qo'lga oldi, Braziliya 3-o'ringa tushib qoldi, O'zbekiston 74-pog'onaga chiqdi

Sherzod Nurmatov
6 apr 2023, 14:53
FIFA rasmiy sayti bugun reytingni yangiladi.

Jahon chempioni Argentina terma jamoasi birinchi o'ringa chiqib oldi. Argentinaliklar bungacha ikkinchi pog'onani egallab turishgandi. Reytingning oldingi yetakchisi Braziliya uchinchi o'ringa tushib qoldi. Fransiya esa uchinchi o'rindan ikkinchi o'ringa chiqdi. To'rtinchi o'rindan o'ninchi o'ringacha bo'lgan terma jamoalar orasida o'zgarish kuzatilmadi. 

Srechko Katanets qo'l ostidagi O'zbekiston MTJ esa dunyo reytingidagi o'rnini uch pog'onaga yaxshilab, 74-o'ringa ko'tarildi.

FIFA talqinida TOP-15 talik:

1 (2). Argentina 

2 (3). Fransiya

3 (1). Braziliya

4. Belgiya

5. Angliya

6. Niderlandiya

7. Xorvatiya

8. Italiya

9. Portugaliya

10. Ispaniya

11. Marokash

12. Shveytsariya

13. AQSH

14. Germaniya

15. Meksika



Osiyo bo'yicha TOP-15 talik:

1. Yaponiya

2. Eron

3. Koreya Respublikasi

4. Avstraliya

5. Saudiya Arabistoni

6. Qatar

7. Iroq

8. BAA

9. Ummon 

10. O'zbekiston

11. Xitoy

12. Iordaniya

13. Bahrayn

14. Suriya

15. Falastin

To'liq ro'yxat bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com