Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi o'tgan oyga nisbatan 8 pog'ona yuqorilab 58-o'rinda qayd etilgan. Ayni paytda Mirjalol Qosimov shogirdlari 550 ochkoga egalar. Takidlash lozimki, terma jamoamiz Osiyoda kuchli to'rtlikka qaytidi.
Osiyo qitasida Yaponiya termasi peshqadam. "Kunchiqar yurt" vakillari 32-o'rindalar. Janubiy Koreya esa 40-o'rinda. Kuchli uchlikni Avstraliya yakunlab berdi - 47-pog'ona. O'tgan oy reytingda bizdan oldin turgan Eron 57-o'rindan 67-o'ringa tushib ketdi.
JCH-2014 saralashidagi guruhdoshlarimiz Qatar 104-o'rinda, Livan esa 131-o'rinda borishmoqda.
Umumiy ro'yxatni hamon Ispaniya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ulardan so'ng Germaniya va Argentina terma jamoalari joy olishgan. Kuchli uchlikda hech qanday o'zgarish sodir bo'lmagan.
To'liq reyting bilan FIFA rasmiy saytida tanishib olish mumkin bo'ladi.