FIFA reytingi: O'zbekiston ikki pog'ona yuqoriladi

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013
Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi – FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi oyda egallagan o'rnidan ikki pog'ona yuqoriladi va reytingning 57-pog'onasidan joy oldi.

FIFA reytingida O'zbekiston o'tgan oy reytingidagi natijasidan ikki o'rin yuqorilagan holda, 57-o'rinda qayd etildi. Bu natija yana O'zbekistonning Osiyo qitasi terma jamoalari orasida 4-o'ringa ko'tarilishiga zamin yaratdi. 4-saralash bosqichida O'zbekiston bilan bir guruhda to'p surgan Janubiy Koreya terma jamoasi o'tgan oydagi reytingidan 2 o'rin pastlagan holda reytingning 58-pog'onasidan joy oldi.Osiyo terma jamoalari reytingini hamon Yaponiya boshqarib turibdi – 42-o'rin. Eron esa reytingda yana 4 o'rin ko'tarildi va Osiyo qitasi terma jamoalari orasida Yaponiyadan keyingi o'ringa ko'tarilib oldi. Osiyo qitasi reytingida Yaponiya va Erondan keyin Avstraliya (53), O'zbekiston (57) hamda Janubiy Koreya terma jamoalari bormoqda. O'zbekiston terma jamoasining JCH-2014 saralashi, pley-off bosqichidagi raqibi - Iordaniya terma jamoasi esa, Osiyoning 6-jamoasi sifatida reytingning 73-o'rnidan joy egallagan.

MDH mamlakatlari orasida esa O'zbekiston hamon Rossiya (15) hamda Ukraina (26) terma jamoalaridan keyingi o'rinda turibdi.

O'zbekiston terma jamoasining OK-2015 saralashidagi raqiblaridan - BAA terma jamoasi 82-pog'onasidan joy olgan bo'lsa, Gongkong 148, Vetnam esa, 153 o'rinda bormoqda

Terma jamoalarning umumiy reytingini doimgidek Ispaniya terma jamoasi boshqarib turibdi. Undan keyingi o'rinda Argentina terma jamoasi borayotgan bo'lsa, kuchli uchlikni Germaniya terma jamoasi to'ldirgan.
Terma jamoalarning to'liq reytingi bilan FIFA rasmiy saytida to'liq tanishish mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com