FIFA prezidentligi uchun 8 nafar nomzod kurashadi, ular orasida Blatter yo'q

Narzulla Saydullayev
27 okt 2015, 09:30
26 oktyabr kuni FIFA prezidentligi uchun nomzodlarni qabul qilish muddati yakuniga etdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra FIFA prezidenti bo'lish uchun 8 nafar inson o'z nomzodini qo'ydi: UEFA prezidenti Mishel Platini, UEFA bosh kotibi Janni Infantino, OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Xalifa, FIFA vice-prezidenti Ali bin Al-Husayn, JAR sobiq vaziri Tokio Seksvale, sobiq FIFA bosh kotibi Jerom Shampan, Liberiya futbol Assotsiatsiyasi prezidenti Musa Biliti va Trinidad va Tobago terma jamoasi sobiq sardori Devid Naxid.

FIFA prezidenti uchun saylov 2016 yilning 26 fevralida bo'lib o'tadi. 5 noyabrga qadar FIFA ushbu nomzodlarning arizalarini o'rganib chiqadi va nomzodlar haqida rasmiy ma'lumot beradi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vesti.ru