FIFA prezidenti yurtimizga yetib keldi

Khoja
8 sen 2025
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko'ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino O'zbekistonda.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifiga ko'ra, FIFA Prezidenti Janni Infantino O'zbekistonda futbolni yanada rivojlantirishga doir loyihalarni muhokama qilish, Milliy futbol markazi bilan yaqindan tanishish hamda “CAFA Nations Cup-2025” musobaqasining final uchrashuvini stadiondan kuzatish maqsadida yurtimizga tashrif buyurdi.

FIFA delegaciyasini Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov va rasmiylar kutib olishdi. 

\


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA