FIFA prezidenti O'zbekistonda davom etayotgan JCH haqida fikr bildirdi

Khoja
20 sen 2024, 09:30
FIFA prezidenti Janni Infantino o'zining rasmiy sahifasida mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

“Futzal 2024-yilgi FIFA Jahon chempionatida o'zining betakrorligi bilan O'zbekistondagi ishqibozlar va butun dunyo bo'ylab muxlislarning qalbini zabt etishda davom etmoqda! 

Barcha jamoalarga ajoyib o'yin namoyish etayotganliklari uchun rahmat va ularga play-off bosqichi yo'llanmasi uchun kechadigan uchrashuvlarda omad tilayman”, - deb fikrini yakunlagan FIFA prezidenti.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA