FIFA Pepening chetlatilishini o'z kuchida qoldirdi va himoyachini jarimaga tortdi

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2014, 16:14
FIFA Portugaliya futbol federatsiyasining Pepe ishini qayta ko'rib chiqish haqidagi murojaatini rad etdi.
Futbolchi Germaniyaga qarshi o'yinda Tomas Myullerga qo'pollik qilgani sababli qizil kartochka olgan.

FIFA matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko'ra, Pepe Portugaliya va AQSH uchrashuvida maydonga tusha olmaydi va himoyachi 15 ming shveytsariya franki miqdorida jarimaga tortildi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com