FIFA milliy terma jamoalar reytingini yangiladi. O'zbekiston bir pog'ona pastladi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2023, 16:13
Jahon chempionlari hamon yetakchi.

FIFA o'zining rasmiy saytida milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e'lon qildi. U sentyabr oyidagi o'yinlar natijalariga ko'ra tuzilgan.

Kuchli o'ntalikda faqat bitta o'zgarish bor – Italiya va Portugaliya o'zaro o'rin almashgan. 

Reytingda Argentina yetakchiligicha qolmoqda. Kuchli uchlikka Fransiya va Braziliya ham kirgan.

Srechko Katanets boshqaruvidagi O'zbekiston MTJ dunyo reytingida bir pog'ona pastlab, 75-o'ringa joylashgan. Osiyoda esa 10-o'rinni saqlab turibdi.

FIFA talqinida TOP-10 talik:

1. Argentina

2. Fransiya

3. Braziliya

4. Angliya

5. Belgiya

6. Xorvatiya

7. Niderlandiya

8. Portugaliya

9. Italiya

10. Ispaniya

Osiyo bo'yicha TOP-10 talik:

1. Yaponiya

2. Eron

3. Koreya Respublikasi

4. Avstraliya

5. Saudiya Arabistoni

6. Qatar

7. Iroq

8. BAA

9. O'mon

10. O'zbekiston

To'liq ro'yxat bilan ushbu sahifada tanishishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com