FIFA mashhur oshpaz JCH-2022 finalida maydonga chiqib ketgani borasida tekshiruv boshladi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2022, 16:39
Turkiyalik taniqli oshpaz Nusret Gyokche qatiy qoidalarga zid ravishda Argentina termasi chempionlikni nishonlayotgan paytda maydonda bo'lgan.

U Jahon chempionati kubogi ustiga tuz sepayotgandek ko'rinishda suratga tushgan va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. Shu tufayli FIFA Nusret Gyokche va boshqalar final o'yinidan keyin qanday qilib maydonga tushib olganini tekshirishni boshlab yubordi. London, Nyu-York va Dubay kabi shaharlarda o'zining "Nusr et" restoranlariga ega bo'lgan oshpazning mundial kubogini ushlab turgan, uni o'payotgan va unga mashhur harakatini amalga oshirayotgan fotolari joylangan.

 


Musobaqa kubogini maxsus tanlangan odamlar guruhi, tashkilot rasmiylari va chempionlar ushlab turishi yoki unga qo'l tekkizishi mumkin. 

Tashkilot bu borada quyidagicha bayonot berdi: 

"Kuzatuvlardan so'ng FIFA 18 dekabr kuni "Lusail" stadionida o'tkazilgan yopilish marosimidan keyin qanday qilib ayrim shaxslarning maydonga noqonuniy tushib olganliklari aniqlanmoqda.

Tegishli ichki choralar ko'riladi".

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian