FIFA madhiyalar yangramagani uchun Fransiya va Gondurasdan uzr so'radi

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2014, 09:59
JCH-2014 doirasidagi Fransiya va Gonduras o'rtasidagi o'yindan oldin ikkala davlat madhiyalari yangramadi.
FIFA va Jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi Portu-Alegri shahridagi Beyra-Rio - Joze Pineyro Borda stadionidagi audiotizimning ishlamay qolgani tufayli Fransiya va Gonduras davlatlarining madhiyalari yangramagani uchun uzr so'raydi. Hozir muammoni bartaraf etish borasida ish olib borilmoqda, - deyiladi FIFAning rasmiy bayonotida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru