FIFA "Liverpul"ga 2,23 mln evro to'laydi

Mirjalol Normatov
15 noya 2020
Himoyachi Jo Gomes Angliya termasi tarkibida jarohat olgani bois FIFA "Liverpul"ga kompensaciya puli to'laydi.

"Daily Mail"ning yozishicha, mersisaydliklar 2,23 mln evro summani FIFAdan qabul qilib oladi va futbolchining jarohatini davolashga ishlatadi.

Angliya termasi futbolchilariga FIFA maxsus paketlar ajratgan bo'lib, terma tarkibida mashg'ulotda, xoh rasmiy xoh o'rtoqlik o'yini bo'lsin, jarohat olgan futbolchi uchun FIFA klubga kompensaciya pulini to'lab beradi.

Ushbu dasturga ko'ra, maksimal to'lov summasi 6,75 mln funtni tashkil qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail