FIFA futbol agentlari borasida yangi qaror chiqardi

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2014
San-Pauludagi FIFA kongressi chog'ida futbol agentlari tizimi borasida yangiliklar chiqardi.
Endi futbolchining agenti nomi vositachiga o'zgartirildi, deb xabar bermoqda ITAR-TASS.

2015 yilning 1 aprelidan kuchga kiradigan qonunga ko'ra futbolchilar klublar yoki maxsus tuzilgan kompaniyalarga tegishli bo'lishadi. Shu vaqtdan boshlab vositachilar barcha transferlarni o'z mamlakati federatsiyasida ro'yxatdan o'tkazishi kerak, muammoli vaziyatlar esa fuqarolik sudlari orqali echiladi.

Vositachilar bitta transfyerdan 2 million dollar va futbolchinin yillik maoshidan 3 foizidan ko'prog'ini olishga haqqilari bo'lmaydi.

Oldinroq FIFA agentlik bonuslariga cheklov qo'ymagandi, bunga qadar agentlar futbolchining yillik maoshining 10 foizigacha pul olishlai mumkin edi.

Futbolchilar va klublar federatsiyaga vositachi olayotgan barcha pullar haqida ma'lumot taqdim etishlari shart. Federatsiyalar esa har yili FIFAga hujjatlarni topshirishadi.

Bundan tashqari balog'at yoshiga etmagan futbolchilar transferidan bonuslar olish taqiqlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru