

Saralashning uchinchi bosqichi, birinchi turi doirasida Tehronda bo'lib o'tgan Eron – Qatar o'yini davomida yuzaga kelgan janjal sabab Qatar terma jamoasi a'zolari - Mashal Abdulloh, Ahmad Yosir, Xolid Muftanining har birini ikki o'yinga, Abdulkarim Hassanni esa uch o'yinga chetlatdi.
Eronliklardan esa Sardor Azmun va Ehson Hojisafiy bittadan o'yinga chetlatish oldi. Shuningdek, futbolchilarga 5 ming AQSH dollari miqdorida jarima solingan.
Shuni ham qo'shimcha qilish kerakki, saralashning uchinchi bosqich, to'rtinchi turi doirasida, 11 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Eron – Koreya uchrashuvi oldidan stadionda hamda tanaffus vaqtida diniy marosim o'tkazilganligi hamda muxlislar tomonidan diniy bannerlar ko'tarilgani sabab Eron Futbol Federatsiyasi 45 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortilgan.



