Ferreyra-Karrasko Xitoydan Yevropaga qaytmoqchi

Alisher
6 iyun 2019, 12:40
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yevropaga qaytish niyatida.

"Dalyan Ifan" yarim himoyachisi Yannik Ferreyra-Karrasko Yevropaga qaytish niyati borligini aytib o'tdi. U Xitoyga 2018 yil fevralda "Atletiko"dan 10,5 million evro evaziga o'tgan edi.

- Men uyga qaytishni xohlayman, - deydi belgiyalik. - Xitoy futboli menga yoqmayapti deb ayta olmayman, ammo oilam Yevropaga qaytishni qumsamoqda. Moslashuv oson bo'lmadi. Umid qilamanki, klubim buni hal qiladi. Bu mening qo'limda emas. Ular meni tushunishlariga ishonchim komil.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AFP