Ferran Torres "Barselona"ni boshqa ispan klubiga almashtirishi mumkin

17 may 2026, 15:02
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Futbolchiga La Ligada da'vogar paydo bo'ldi. Qayd etilishicha, "Atletiko" Ferranni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Transfermarkt futbolchining narxini 50 million evroga baholamoqda.

Ferran Torres La Liganing joriy mavsumida "Barselona" safida 32 ta o'yin o'tkazdi. Unda hujumchi 16 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport.es