Fernando Torres faoliyatini yakunlagandan so'ng regbichiga o'xshab qoldi

Alisher
20 yanv 2021, 10:01
Afsona Fernando Torres o'yinchilik davrida jismoniy jihatlari bilan ajralib turmas edi.

36 yoshli ispaniyalik sobiq futbolchi ayni damda regbichilarga o'xshaydi. Torres faoliyatini yakunlagandan so'ng sport zallaridagi mashg'ulotlarga ko'proq e'tiborini qaratgan va o'zining shaxsiy fitness brendiga ega.

Eslatib o'tamiz, Torres "Atletiko", "Liverpul", "Chelsi" va "Milan" klublarida o'ynagan. U faoliyatini 2019 yilning iyunida yakunlagan edi.

Oldinroq Torres "Atletiko B" murabbiyiga aylangani ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN