Fernando Torres boshidan jiddiy jarohat oldi VIDEO

Aslanov Jasurbek
3 mar 2017, 04:05
“Atletiko” hujumchisi Fernando Torres Ispaniya chempionatining 25-turida “Deportivo”ga qarshi bahsda (1:1) jiddiy jarohat oldi.

32 yoshli hujumchi to'p uchun havoda raqib yarim himoyachisi Aleks Bergantinos bilan kurashdan so'ng erga boshi bilan noqulay yiqildi va hushidan ketdi. Klub shifokorlari bir necha daqiqa mobaynida futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatishdi va keyinchalik uni zambilda maydondan olib chiqib ketishdi.

Ma'lum bo'lishicha, Torres tribuna ostida hushiga kelgan. U tezlikda shifoxonaga etkazilgan va ushbu tunni u shifokorlar nazorati ostida o'tkazadi. Ayni paytda futbolchining holati yaxshilangani qayd etilgan.

TAS-IX emas

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif