Fernando Torres bir oy futbol o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2014, 23:36
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo hujumchi Fernando Torres tizzasidagi jarohat tufayli bir oy maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi.
"Fernando - "Chelsi"dagi yagona jarohat olgan futbolchi. U taxminan bir oyga safdan chiqdi. Aynan shu bois zaxira o'rindig'imiz uzun bo'lish kerak. Torresning tizzasida muammo bor, biroq uni o'rnini Demba Ba bilan to'ldira olamiz. Yaqin haftalar ichida Samuel va Demba o'zlarini eng yaxshi o'yinlarini namoyish eta olishadi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru