Fernando Siti bilan shartnoma tuzish uchun Manchesterga keldi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2014, 08:28
So'nggi 6 yil davomida Portuda o'ynagan Fernando Manchester shahriga yetib keldi.
Yaqin soatlar ichida 26 yoshli braziliyalik futbolchi Manchester Siti bilan 4 yillik shartnoma tuzadi, deb xabar bermoqda O Jogo nashri.

Fernandoning rasmiy tanishtiruv marosimi shu hafta boshida bo'lib o'tadi.

Oldinroq Siti futbolchi uchun 15 million evro to'lagani haqida xabarlar chiqqandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru