Fernandino "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor

Mirjalol Normatov
3 yanv 2020, 20:43
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino klub bilan yangi shartnoma tuzishga tayyor.

"BBC" xabariga ko'ra, "shaharliklar" rahbariyati Fernandinoga yangi shartnoma tayyorlab qo'ygan. Yaqin vaqtlarda braziliyalik "Siti" bilan shartnomasini 1 yilga uzaytiradi.

Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola ayni damda uning o'rniga boshqa nomzod topganicha yo'q, shu boisdan u keyingi yil uchun rejalarga kiritilmoqda.

Fernandino ushbu mavsum APLda 17 o'yinda  qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC